Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi



Bo‘lim boshlig‘i

Xomidov Abdullajon Qambarali o’g’li

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (9:00 - 16:00)
Telefon:+99891 676-11-00
E-mail:a.xomidov@ferpi.uz
 
 

Bo‘limning asosiy maqsadlari:

        Farg’ona politexnika institutida iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi iqtidorli yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir.

 Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • "Yosh ekspetrlar guruhi"ni tashkil etish.
  • O‘quv mashg‘ulotlarini, talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltirilgan interfaol uslublarni joriy etish.
  • 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish.
  • Talabalarda innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish.
  • Talabalarni fan olimpiadalarida faol ishtirokini ta’minlash.
  • Talabalarni «Ustoz Shogird» tizimida  ilmiy rahbarlarga biriktirish.
  • Talabalarni kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.
  • Iqtidorli talabalarni Prezident stipendiyasi, Karimov va Beruniy kabi nomdor stipendiyalar uchun tanlovlarda ishtirokini ta’minlash.
  • Talabalarni mutahassislikka qiziqishini e’tiborga olgan holda turli to‘garaklardagi ishtirokini ta’minlash.
  • Biriktirilgan Ustoz bilan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida tezis va maqolalar tayyorlash va ma’ruzalar bilan ishtirok etish.
  • Texnik adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish.
  • Innovatsiya va maketlar ko‘rgazmasida ishtirok etish.
  • Ta’lim yo‘nalishlari 2 kursdan boshlab talabalarining malakaviy amaliyotlarini muayyan tashkilotlar va korxonalarda tizimli o‘tkazish.
  • Amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarida tashkillashtirish.
  • Korxonalar rahbarlari va mutahassislarini o‘quv jarayoniga (dars berishga) jalb etish.
  • Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan sohadagi yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yuzasidan institut va korxonalarda uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etish.
  • Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish orqali institut ilmiy salohiyatini 75-80 % gacha oshirish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti