Sirtqi bo‘lim boshligi

Erkaboyev Xusniddin Jalildinovich

Qabul vaqti: Dushanba-shanba (09:00 – 17:00)

Telefon: +99873 241-13-10  

E-mail: x.erkaboev@ferpi.uz

 

 

Sirtqi bo‘limning qisqacha tarixi

Institutda kechki va sirtqi bo‘lim 1967 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

1967-1968 yillar S.Valiyev, 1968-1969 yillar Z.Jo‘raboyev,  1969-1970 yillar A.Axmadaliyev, 1971-1975 yillar M.A.Abdullayev, 1975-1986 yillar Q.T.Qambarov, 1986-1987 yillar T.M.Mirzamaxmudov, 1987-1989 yillar R.B.Burxonov, 1989-1995 yillar G.M.Xomidovalar kechki va sirtqi prorektori lavozimida ishlagan. Shuningdek ushbu yillar davomida Q.T.Tursunov, N.J.Jabborov, G‘.I.Saidov, K.A.Akbarov, A.M.G‘oziyev, V.F.Ogay, R,J.Tojiyev, A.Abduraxmonov, R.D.Teshaboyev, N.K.Kamolov, A.M.Xusanboyev, O.I.Alijonovlar  dekan lavozimida faoliyat ko‘rsatganlar.

          1996 yilda kechki ta’lim shakli tugatilib, sirtqi fakultetlar tashkil etilgan. Umummuhandislik fakultetiga O.I.Alijonov va qurilish fakultetiga R.D.Teshaboyev dekanlik qilgan.

          2000 yilda mazkur ikkala fakultet birlashtirilib, sirtqi fakulteti tashkil etilgan bo’lib, unga  O.I.Alijonov va 2001-2005 yillarda M.A.Davlatov dekanlik qilgan. Sirtqi ta’lim shakli 2005 yilda tugatilgan.

2018 yildan boshlab qaytadan sirtqi bo‘lim tashkil etilgan. 2018-2019 yillar Xonkeldiyev Adxamjon G‘ofurovich va 2019-2021 yillarda Davlyatshayev Akmal Ashurmamatovich sirtqi bo‘limda boshliq bo‘lgan. 2021 yildan Erkaboyev Xusniddin Jalildinovish sirtqi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Sirtqi bo‘limning umumiy faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi №930- sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga asosan sirtqi bo‘lim faoliyat yuritadi.

Sirtqi taʼlimda o‘quv jarayoni taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari va tegishli taʼlim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etilgan. Sirtqi bo‘lim talabalari institutning moddiy-texnik bazasidan to‘liq foydalanmoqda.

  • Hozirda jami 6642 nafar, undan 1080 nafari xotin-qizlar tahsil olmoqda;
  • 700 nafarga yaqin ikkinchi oliy ta’lim oluvchi talabalar tahsil olmoqda;
  • Sirtqi ta’limda 4 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
  • 2023 yilda 639 nafar talaba bitirgan. 2024 yilda 1716 nafar bitirishi kutilmoqda;
  • 2023 yilda 20 ta ta’lim yo‘nalishiga 1200 nafar talaba qabul qilindi;
  • Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan 8 nafar talabada xorijiy til bo‘yicha  sertifikatga ega.
  • Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan 8 nafar talaba turli sport musobaqalarda g‘olib bo‘lgan.

Sirtqi ta’limda quiydagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

1

Axborot tizimlari va texnologiyalari

2

Bank ishi va audit

3

Buxgalteriya hisobi va audit

4

Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

5

Elektr energetikasi

6

Energetika

7

Geodeziya, kartografiya va kadastr

8

Iqtisodiyot

9

Kimyoviy texnologiya

10

Menejment

11

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

12

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

13

Oziq-ovqat texnologiyasi

14

Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

15

Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari va bumlari konstruksiyalarini ishlab chiqarish

16

Raqamli iqtisodiyot

17

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

18

Texnologik mashinalar va jihozlar

19

Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi

20

Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari

21

Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

22

Yig`ma temirbeton konstruktsiyalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi

23

Yo’l harakatini tashkil etish

24

Тransport vositalari muhandisligi

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti