MOLIYA-REJALASHTIRISH BO'LIMI



     Rivojlanish tarixi va bosqichlari: 1980-2003 yillarda Moliya-rejalashtirish bo'limida qator malakali mutaxassislar bo’lim boshlig’icifatida mehnat qilishgan.Bulardan  V.C.Makarenko, M.Sh.Matazimov, X.Mamajonova, G.Salahiddinova va S.Qoraboyevlarni fidokorona  mehnatlari  tufayli bu bo’lim institut moliyaviy-ho'jalik faoliyatini rivojlantirishda salmoqli o'rin egallagan bo'lim darajasiga yetkazilgan. 2007 yildan buyon bo’limda bo’lim boshlig’i sifatida  Uzaqova Ma'muraxon Matkarimovna samarali mehnat qilib kelmoqda.

      Bo’limning asosiy vazifalari: Institutning vazirlikdagi mutaxassislar bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy xo’jalik faoliyati bo’yicha uzoq muddatlik reja va xarajatlar smetasini ishlab chiqish va taqdim etish. Xar bir talabani o’qitish xarajatlaridan kelib chiqib xarajatlarni aniq xisob-kitobini amalga oshirgan xolda ajratilgan mablag’larning o’z vaqtida, maqsadlik sarflanishini nazorat qilish. Oylik, choraklik va yillik xisobotlarni sifatlik qilib bajarib, muddatida statistika organiga va vazirlikga taqdim etish asosiy vazifalaridan xisoblanadi

       Bo’limning institute xayotida tutgan o’rni, roli: Moliya-rejalashtirish bo’limi institutning moliyaviy-ho'jalik faoliyatida asosiy bo’g’in vazifasini bajaradi. Uning iqtisodiy barqaror rivojlanishida, zamonaviy tehnalogiyalar bilan jixozlanishida bevosita ma’suldir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-tehnik bazasini mustaxkamlash va yuqori malakali mutahassislar tayorlash sifatini tubdan yahshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1533-sonli qaroriga asosan institutning o’quv binolari va TTJlarini rekonstruksiya yoki mukammal ta’minlash va ishlarini bajarilishida bo’limning xissasi juda katta.

      Moddiy tehnika bazasi: Bo’lim xozirgi kunda to’liq kompyuterlashtirilgan va zamonaviy mebellar bilan jixozlangan. Moliya-rejalashtirish bo’limi oliy ma’lumotli va bilim darajalari yuqori kadrlarga ega. Bo’lim boshlig’i va mutahassislar soxaga oida yangiliklar va me’yoriy hujjatlar bilan o’z vaqtida internet orqali tanishishi va foydalanishi uchun institut tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti