Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi



BUYURTMALAR PORTFELINI SHAKLLANTIRISH,  BITIRUVCHILARNI ISHGA TAQSIMLASH VA MONITORING BO'LIMINING VAZIFALARI

  • Ta’lim xizmatlari bo’limi bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo’yilgan, yahni bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarning kasbiy maxoratini (malakaviy sifatlarini) o’rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablari muvofiqligini aniqlash.
  • Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida baklavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan xizmatlar bozori konyukturasining o’zgarishini taxlil qilish hamda yangicha rivojlanishini belgilash .
  • Institutda magistr darajali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyasiga taqdim etish.
  • Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning  mehnat faoliyati natijalari bo’yicha institutning ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, buyurtmalar portfelini shakllantirish,  bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limining  yillik hisobotini tayyorlash.
  • Institutning tegishli bo’linmalari (kengashlar, fakul’tetlar, kafedralar va x.k) bilan hamkorlikda bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek, uch yil majburiy ishlab berish shartini o’tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pogonalaridan ko’tarilishiga ko’maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti