Mehnatni muhofaza qilish bo’limi



Bo‘limi boshlig‘i

Shermatov Ixtiyorjon Qochqorovich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (11:00 - 12:00)
Telefon:(0 373) 241-13-32
E-mail:i.shermatov@ferpi.uz
 
 

MEHNAT MUHOFAZASI VA FUQORALARNI HIMOYA QILISH BO‘LIMI HAQIDA

         Mehnat muhofazasi va fuqoralarngi himoya qilish bo‘limi (MM va FHQ) bo‘limi institutda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishni, MM va FHQ bo‘yicha qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi atrof muxit tozaligiga rioya qilinishini nazorat qiladi hamda bu yo‘nalishda tadbirlar olib boriladi.O‘quv laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena holati, ulardagi qurilmalarning himoya vositalarini sozligini tekshirib boradi. Xavfsiz mexnat va dam olish uchun zarur sharoit yaratilishi bo‘yicha chora –tadbirlar ishlab chiqadi.

Institutda MM va FHQ bo‘yicha ishga joylashishda yo’riqnoma o’tkazadi va ish faoliyati davrida qayta o‘qitishni tashkillaydi.

MM va FHQ bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar va maxsus kiyim–kechaklar hamda shaxsiy himoya vositalarini sotib olish uchun sarf-harajatlar smetasini vaqtida o‘tkazishini, xavfsiz mehnat va standartlarini bajarilishi nazorat qiladi.

Institutda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sababini o‘rganishda ishtirok etadi.Kasb kasaliklari va ularni oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va oldini olishni ta’minlaydi. Turli ko‘rgazmali vositalar yordamida suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan MM va FHQ bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi.

YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA REJA TUZADI VA QUYIDAGI ISHLARNI AMALGA OSHIRADI:

  • Bino tomlariga yong‘inga qarshi ishlov berishni tashkil etish;
  • Yong‘in haqida xabar beruvchi moslamalarni soz xolatda bo*lishi;
  • O‘t-o‘chirish qurollarini mayor bo’yicha ta~minlanishini;
  • Yong‘in sodir bo‘lgan holda aholi va moddiy qiymatliklarni olib chiqish rejasi;
  • O‘t o‘chirish moslamalarini qayta to‘ldirish;
  • Institut hududidagi quruq hashak va tez yonuvchi chiqindilarni vaqtida olib chiqilishini;
  • Ruxsat etiilmagan elektr qurilmalaridan foydalanmaslik;
  • Elektr simlarini, o‘chirib-yoqgichlar, tarqatish korobkalarini tekshirish;
  • Vaqtinchalik elektr o‘tkazgichlarni doimiysiga almashtirish;
  • Ko*ngilli o‘t o‘chirish guruhini tashkil etish;
  • Institut bino va qo‘shimcha xonalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxslarni tayinlash;
  • O‘quv laboratoriyalarida talabalar uchun texnika xavfsizligi bo‘yicha jurnallar yuritish;
  • Talabalar qurilish guruhlari a’zolari bilan TX va MM bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;
  • Kuchli yer qimirlashi yoki yong‘in sodir bo‘lgan hollarda insonlarni binodan reja asosida olib chiqishni ta’minlash.

MM VA FHQ BO‘LIMI XODIMLARI:

  • 1-toifali MM  muxandisi – A.Asqarov
  • FM va FV muxandisi –      D.Yuldashev
  • Yong‘in xavfsizligi instruktori – Sh.Djuraev

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti