Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi



Bo'lim boshlig'i

Abduxalilov Bekzod Komiljonovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (8:00 - 16:00)
Telefon:+99890 306-65-45
E-mail:b.abduxalilov@ferpi.uz
 

Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi haqida

        О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-son, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-son, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kо‘tarish tо‘g‘risida”gi PQ-3160-son Qarorlari hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishga doir Nizomlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 526-sonli buyrug‘i asosida faoliyat olib boradi.

Bо‘limning maqsadi

  •       Professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, ona-Vatanimizga muxabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq ruhda tarbiyalash.
  •      Tarbiya jarayonida xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalardan foydalanish orqali talaba-yoshlarda yot g‘oyalar va mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
  •      Huquqiy va demokratik tamoyillar asosida talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustaxkamlash g‘oyasiga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
  •      Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish.
  •      Professor-о‘qituvchi, talaba-yoshlarda kasbga sadoqat va mas’uliyat, jamoaga va о‘z vazifasiga hurmat hissini shakllantiradi.

Bо‘limning vazifalari

  •       О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, viloyat xokimligi qaror va farmoyishlari, institut kengashi hamda ishlab chiqarish kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash, ular asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha yillik rejasini ishlab chiqish.
  •     О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va asarlarini о‘rganish bо‘yicha anjumanlar va taqdimotlar о‘tkazish.
  •     Professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni mamlakatimizning ma’naviy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy sohadagi yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish.
  •     Talaba-yoshlarni Vatanga muxabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq etib tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv, ochiq-muloqot, davra suhbati, kо‘rik-tanlovlar о‘tkazish.
  •    Talabalarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishni tashkil etish  maqsadida ijodiy, badiiy-havaskorlik va sport tо‘garaklari, “Munozara klubi”, “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini muntazam nazorat qilish, muvofiqlashtirish va turli tanlovlar о‘tkazish.
  •    Professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bо‘yicha tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etish.
  •    Respublika, viloyat, shahar miqyosida о‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, sanaviy va milliy bayramlarni keng nishonlash ishlarini tashkil etish.
  •    Ommaviy-madaniy tadbirlarda tarixiy shaxslar, davlat arboblari, zamonamizning ilg‘or olimlari, ijodkorlari, olimpiada, paralimpiya, jahon va Osiyo musobaqalari hamda tanlovlari chempionlari va g‘oliblarining faoliyatini targ‘ib etish.
  •    О‘zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan о‘zaro hamkorlik qilish.

Bо‘lim ish faoliyati

  • Bо‘lim institut rektorining buyrug‘i asosida tuziladi;
  • Bо‘limning ishchi guruhi institutning ushbu soha bо‘yicha yetakchi mutaxassislari, professor-о‘qituvchilardan tarkib topadi;
  • Bо‘lim ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi;
  • О‘z faoliyatini yо‘lga qо‘yishda bо‘lim fakultet dekanlari, bо‘lim boshliqlari kafedra ham guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi; joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bо‘limning huquqlari

  •    Institut, fakultet, kafedra hamda akademik guruhlar va talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni muntazam nazorat qilish.
  •    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari, guruh murabbiylari, talabalar kengashi, jamoat tashkilotlarining ish faoliyatini nazoratga olish.
  •    Ish faoliyatida hamda о‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni rag‘batlantirishga tavsiya etish.
  •    Institut ichki-tartib qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzgan professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim hamda talabalarga nisbatan intizomiy chora kо‘rish bо‘yicha taklif kiritish.
  •    Institut professor-о‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish.

Bо‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi

    О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 21 fevral kungi №28/59-son buyruq bilan rо‘yhatdan о‘tgan namunaviy shtatlar asosida tashkil etilib, bо‘lim xodimlarining soni jami 5 ta, shundan, 1 shtat bо‘lim boshlig‘i, 4 shtat bо‘lim uslubchisi lavozimi belgilanadi, talabalar kontingentiga bog‘liq xolda о‘zgarib boradi. Xodimlarning shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi.

   Bо‘lim xodimlarining ish xaqi (bо‘lim boshlig‘i 16 razryad, uslubchi 14 razryad xisobida) institut umumiy smetasi doirasida hal qilinadi hamda bо‘limning ish natijalariga kо‘ra byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan 50% gacha ustama xaq belgilanadi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti