Bo‘limi boshlig‘i

Tojiboev Muydinjon Murodjonovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (08:00 - 18:00)
Telefon:+99873 241 12 96
E-mail:m.tojiboyev@ferpi.uz

Bo’limning ish xususiyatlari 

  • O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-sonli, “O’zbekiston Res’ublikasi davlat xokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli Qarori asosida ish olib boriladi.
  • Farg’ona politexnika institutida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish bo’yicha Yo’riqnoma mavjud.

Ish yuritish jarayonini tashkil qilish va mazkur Nizomga rioya qilish nazoratini Devonxona mudiri amalga oshiradi. Mazkur Yo’riqnomaga binoan hujjatlar bilan ishni tashkil qilish masalalariga doir bo’lgan uning ko’rsatmalari institut barcha xodimlari uchun majburiyligi belgilab qo’yilgan.

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va boshga virtual qabulxonalar orqali kelib tushayotgan murojaatlar nazoratini Devonxona mudiri amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni ijrosiga asosan institut rektorati binosida fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlari balan ishlash bo’yicha maxsus xona ajratilgan bo’lib, fuqarolarni qabul qilish jadvaliga asosan ish olib boriladi.
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarining ijrosi bo’yicha hisobot har oyning 3 sanasiga qadar bajarilishini institut Devonxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Farg’ona politexnika institutiga kelayotgan O’zbekiston Res’ublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va modemogrammalari, Viloyat va shahar xokimligidan hamda boshqa tashkilot va korxonalardan kelayotgan so’rov xatlarining bajarilishi yuzasidan “Nazorat kartochkasi” tashkil etilgan.

 Bo’lim ish tartibi:

  • Institutda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish;
  • Institutga kiruvchi hujjatlarning to’g’ri hisobga olinishini, o’z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga to’shirilishini, jo’natiluvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Institutga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun to’shirish;
  • Hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash maqsadida ularning ijrosini nazorat qilib borish;
  • Rektorning ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
  • Rektor (prorektor)imzosi bilan jo’natiluvchi hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Yuqori tashkilotlar, institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari va fuqarolar arizalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Institut xodimlarini daxldor farmoyish xujjatlari bilan tanishtirib borish;
  • Institut raxbariyatiga ish yuritish va xatlar ijrosini nazorat qilishga doir xabarlar taqdim etish;
  • Institut bo’limlari va ish yuritish xizmati xodimlari ishlarini nazorat qilish, ularga uslubiy ham amaliy yordam berish;
  • Maqsadli-me’yoriy xujjatlar almashinuvini tashkil etish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, joriy qilish va texnik vositalardan samarali foydalanish;
  • Devonxona xodimlari xizmat lavozimlari yo’riqnomasini ishlab chiqish va ularning malakalarini oshirib borishni tashkil etish;
  • Institutda xizmat safariga keluvchilar va institutdan xizmat safariga boruvchilar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ro’yxatga olishni ta’minlash;
  • Ishlar nomenklaturasini tuzish;
  • Farg’ona politexnika institutida O’zbekiston Res’ublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarining ijrosini ta’minlash.

Bog’lanish uchun malumot:

Tel: +99891-674-74-02,  241-12-96

E-mail: ferpi_info@edu.uz, tojiboevm@mail.ru, farpi@exat.uz

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti