O’quv-uslubiy boshqarma



O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i

Mamatisayev G‘iyosiddin Ilxomidinovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 15:00)
Telefon:+99873-241-12-10
E-mail:g.mamatisayev@ferpi.uz, gmamatisaev@gmail.com

 

Boshqarmaning umumiy qoidalari

O‘quv-uslubiy boshqarma (keyingi o‘rinlarda matnda “Boshqarma” deb yuritiladi) institut tuzilmasidagi o‘quv va uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.

  Boshqarma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama yetuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta’limni o‘quv-metodik jihatdan uzviyligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

Boshqarma o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor yoki bevosita rektorga bo‘ysunadi.

    Mazkur boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va yo‘riqnomalari, institut rektorining buyruqlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ko‘rsatmalari hamda Nizom asosida olib boradi.

Boshqarmaning asosiy faoliyati va vazifalari

   Boshqarmaning asosiy faoliyati institutdagi o‘quv va uslubiy jarayonni samarali tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan.

Boshqarmaning vazifalari:

  • Oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini samarali tashkil etilishini ta’minlash;
  • O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
  • O‘quv jarayonining tashkiliy masalalarini hal etish;
  • Oliy ta’lim muassasasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamlarini umumlashtirish hamda bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘quv yili va semestrlar bo‘yicha o‘quv va ishchi rejalarning bajarilishini o‘rganib borish;
  • O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘quv-metodik izlanishlar olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq barcha buyruqlarini shakllantirish;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini o‘rganish;
  • O‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
  • Malakaviy amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Institutda o‘qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganish va hayotga tatbiq etish;
  • O‘quv jarayonining uslubiy-tashkiliy masalalarini hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
  • O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotining holatini o‘rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash;
  • Amaldagi ishchi o‘quv rejalariga kiritilgan yangi fanlarni o‘qitishning uslubiy ta’minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralardagi holatini o‘rganib borish;
  • O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan metodik izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish;
  • Institut bo‘linmalari (kafedralar va fakultetlar) darajasida uslubiy ishlar bilan bog‘liq barcha buyruqlarni shakllantirish;
  • O‘quv rejasidagi fanlarning kafedralar darajasidagi uslubiy ta’minotini aniqlash va ular bo‘yicha institut saytida ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida fanlarni o‘qitish jarayoniga axborot-pedagogik texnologiyalari va uslublari keng joriy etilishining holatini o‘rganib borish va bu borada orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
  • Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uslubiyotini ishlab chiqish va ularning tegishli kafedralarda sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
  • O‘quv jarayoni bo‘yicha bo‘linmalarning hisobotlarini umumlashtirish.

Boshqarmaning huquqlari

   Nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan shtatlar birligiga ko‘ra, xodimlarni ishga qabul qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga taqdim etish;

  • Boshqarmaning ish rejasini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishi hamda samarali ijro etilishini ta’minlash;
  • Boshqarmaning faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflarni taqdim etish;
  • Boshqarma xodimlarining ta’til grafiklarini ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida qayd etilgan boshqa huquq va vakolatlardan foydalanish.

Boshqarmaning majburiyatlari

  • Institutda tayyorlanadigan yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
  • Instiut fakultet va magistraturasi talabalarining dars jadvallarini tuzish, tasdiqlanishi hamda amal qilinishini o‘rganib borish;
  • Institut kafedralari hamda professor-o‘qituvchilarining yillik o‘quv yuklamalarini hisoblab chiqish, unga asoslanib shtatlar birligini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish grafigini tayyorlash hamda unga amal qilinishini ta’minlash;
  • Institutda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarining yangilanishi hamda nashr etilishini o‘rganib borish;
  • Institutda tayyorlanadigan yo‘nalish va mutaxassisliklarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uslubiy ta’minotni o‘rganish yuzasidan reja ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda uning to‘liq samarali bajarilishini ta’minlash;
  • Institut fakultetlari va magistraturasi talabalarining o‘quv-uslubiy ta’minotini o‘rganib borish, tegishli hollarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga yozma ravishdagi axborotlarni taqdim etish;
  • Institut kafedralarida rejalashtirilgan uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish, ularning natijalarini belgilangan muddatlarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga tayyorlash;
  • Institutda o‘qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti yangilanishini o‘rganib borish;
  • Institutda o‘quv jarayoniga va fanlarning uslubiy ta’minotiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • Boshqarma faoliyatini ta’limga oid me’yoriy-huquqiy qoidalar asosida olib borish;
  • Boshqarma faoliyati yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddat va shakllarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga taqdim etish;
  • Boshqarma faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tegishli hujjatlarning belgilangan tartibdagi yig‘ma jildlarini yuritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti