Arxiv bo‘limi to‘g‘risida ma’lumot

Qabul vaqti: Dushanba-shanba (08:00 - 16:00)

Telefon:+99891-123-55-82

E-mail:ferpi_info@edu.uz

Bo’limning ish xususiyatlari

Farg‘ona politexnika instituti Arxiv bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 3 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010 yil 7 mayda maqullangan) asosida ish yuritiladi.

 Bo’lim ish tartibi:

  • OTMsida arxiv ishlarini yuritish;
  • Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va foydalanish, tizimlashtirish;
  • Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini ekspertiza qilishni tashkil etish bo‘yicha ish yuritish;
  • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni ajratish;
  • Saqlash bo‘yicha muhlati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarni tuzish;
  • Arxivda bor hujjatlarga asoslanib arxiv ma’lumotnomasini berish, saqlash muddatlarini aniqlashtirish, hujjatlarga fond tartib raqamini berish;
  • Arxiv xonalarini tegishli yong‘inga qarshi ahvolda saqlash, yorug‘lik tushishini kuzatish;
  • Issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish, yig‘majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarni arxivga topshirilishini nazorat qilish, belgilangan hisobotni o‘z vaqtida topshirish, ish yuritish yo‘riqnomasini ishlab chiqish, DAK hujjatlarini qabul qilish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti