AXBOROT - RESURS MARKAZI



Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi institut tashkil topgan 1967 yilda 2 ta mo‘jazgina xonada o‘z faoliyatini boshlagan va dastlab talaba-yoshlar hamda kam sonli professor-o‘qituvchilardan iborat kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxona vazifasini bajargan. Bu vaqtda kutubxonada 6 kishi xizmat qilgan, kutubxona fondi bir necha ming nusxa kitobdan tashkil topgan bo‘lib, ular asosan rus tilidagi va juda kam nusxada o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari hisoblangan. Xonalar kutubxona uchun moslashtirilganligi sababli undagi mebel jihozlari ham foydalanish uchun noqulay edi, u paytlarda orgtexnika to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas, kutubxona o‘zining mexanik holda harf terib matn yozish mashinasiga ham ega emas edi.

Hozirgi kunga kelib, axborot-resurs markazi o‘zining faoliyatini institut asosiy binosida, shuningdek, Energetika fakulteti hamda Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetlarida tashkil etilgan filiallarida, bundan tashqari institut hududida tashkil etilgan “Renessans Hall” nomli ochiq kutubxonada olib bormoqda.

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda, bular:

1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi,

2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi,

3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi,

4. Elektron axborot resurslari bo‘limi

5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limlari hisoblanadi.

Ushbu bo‘limlarda jami 41 shtat birligida 33 nafar tajribali xodim asosiy shtatda, 11nafar xodim o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatishmoqdalar. Xodimlarning 18 nafari oliy ma’lumotga ega.

Bugungi kunda аxborot-resurs markazi yagona kitobxonlik guvohnomasi bo‘yicha 12438 nafar doimiy a’zolariga ega bo‘lib, kitobxonlar axborot-resurs markazining 80 kitobxonga mo‘ljallangan asosiy o‘quv zali, 92 kitobxonga mo‘ljallangan zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan jihozlangan elektron o‘quv zali, 20 kitobxonga mo‘ljallangan xorijiy adabiyotlar bo‘limi, 12 kitobxonga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar bo‘limi, 10 nafar kitobxonga mo‘ljallangan davriy nashrlar bo‘limi hamda 280 o‘rinli “Renessans Hall” nomli ochiq kutubxona imkoniyatlaridan muntazam foydalanib kelmoqdalar. Axborot-resurs markazi bir vaqtda 610 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Axborot-resurs markazi 12093 nomda, 214105 sondagi adabiyotlar fondiga ega bo‘lib shundan:

  • O‘quv adabiyotlari fondi  -          6906 nomda, 180662 sondagi;
  • Ilmiy adabiyotlar fondi     -          1243 nomda, 4736 sondagi;
  • Badiiy adabiyotlar fondi   -          3905 nomda, 10629 sondagi;
  • Xorijiy adabiyotlar fondi -          905 nomda, 1711 sondagi;
  • Boshqa adabiyotlar fondi -          39 nomda, 18078 sondagi adabiyotlardan iborat.

O‘quv adabiyotlari fondi tarkibi esa quyidagicha:

  • Darslik                                      -          2855 nomda, 76118 nusxada;
  • O‘quv qo‘llanma                      -          3398 nomda, 92242 nusxada;
  • Uslubiy qo‘llanma                   -          247 nomda, 3458 nusxada;
  • Lug‘at                                       -          175 nomda, 3055 nusxada;
  • Uslubiy ko‘rsatma                    -          77 nomda, 4755 nusxada;
  • Maʼlumotlar to‘plami (banki)             -          7 nomda, 73 nusxada;
  • Maʼruzalar kursi                      -          14 nomda, 109 nusxada;
  • Maʼruzalar to‘plami                 -          128 nomda, 843 nusxada;
  • Mashqlar (masalalar) to‘plami            -          5 nomda, 9 nusxada.

Axborot-resurs markazi adabiyotlar fondini zamonaviy, yangi avlod adabiyotlari bilan muntazam boyitib borilmoqda. Ayniqsa, institute olimlari tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ARM fondini zaruriy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashning asosiy manbaasi bo‘lmoqda. Bundan tashqari institut tomonidan zamonaviy xorijiy adabiyotlarni sotib olish, chop ettirish hisobiga ham axborot-resurs markazida xorijiy adabiyotlar salmog‘I muntazam oshmoqda. Agarda 2022 yilda 457 nomdagi xorijiy adabiyotlar 881 nusxada sotib olingan bo‘lsa, 2023 yil davomida 180 nomdagi xorijiy adabiyotlar 360 nusxada sotib olinib ARMga joylandi va o‘z kitobxonlarini kutmoqda.

Axborot-resurs markazi hududi to‘liq  Wi-Fi tarmog‘iga ulangan va internet tizimining uzluksiz ishlashi natijasida kitobxonlarga to‘liq imkoniyat yaratilgan.Axborot-resurs markazi bugungi kunda Unilibrary.uz - Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimiga ulangan bo‘lib, kitobxonlar uchun 300000 dan ortiq adabiyotlarning elektron shaklini bepul va oson yuklab olish va foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsadida FarPi ARM (https://t.me/Arm_farpi_bot) telegram manzili ishga tushirilib, bu telegram manzilda institutda mavjud fanlardan tayyorlangan barcha sillabuslarda keltirilgan adabiyotlar elektron shakllarda joylashtirilgan va mavjud adabiyotlar ko‘rsatkichi 20408 songa yetkazilgan. ARMda tashkil etilgan Farpi elektron kutubxona (@elektron kutubxona farpi) nomli telegram kanali doimiy ravishda ARMda mavjud yangi va kerakli o‘quv, ilmiy, badiiy, siyosiy va xorijiy adabiyotlar qisqa annotatsiyalar orqali tanishtirib, omma e’tiboriga havola etib borilmoqda. Bu kanal orqali kitobxonlar kerakli adabiyotlarni buyurtma qilish va qisqa muddatlarda ularni elektron shaklini olish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Institut professor-o‘qituvchi, xodim hamda talaba-yoshlarni davriy nashrlarda yoritilayotgan ma’lumotlar, ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar, yangiliklar bilan muntazam tanishib borishlari uchun institut tomonidan 2024 yil uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan 31 nomdagi jurnallar va 24 nomdagi gazetalar 281 nusxada 12 oy muddatga obunasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi va o‘z obunachilarini kutmoqda.

Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limini yangi ilmiy adabiyotlar bilan boyitish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda fakultetlar va kafedralar bilan hamkorlik asosida ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarga tegishli dissertatsiya va avtoreferatlar kitob xolida va elektron shaklda ARMga fondiga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari institut olimlari tomonidan yaratilgan monografiyalar, risolalar hisobiga ham ilmiy adabiyotlar salmog‘i oshib bormoqda. Ushbu ilmiy adabiyotlardan foydalanish maqsadida bo‘lgan ilmiy tadqiqotchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida ARMda alohida xona ajratilib, ilmiy adabiyotlar bilan jihozlandi. Adabiyotlarning elektron shaklidan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun 5 dona kompyuterlar o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulandi.

Axborot-resurs markazi o‘zining ma’naviyat maskani sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga intilmoqda. Bugungi kunda axborot-resurs markazida “Yosh kitobxon” to‘garagi, “Iqtidorli yoshlar” klubi faoliyat olib bormoqda. “Yoshlar bilan ishlash. Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi, institut kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar kengashi, fakultetlar bilan hamkorlikda turli ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi, buyuk ajdodlarimiz ilmiy me’rosiga bag‘ishlangan tadbirlari, shoir, yozuvchilarning talabalar bilan ijodiy uchrashuvlari, yangi adabiyotlar taqdimotlari, turli mavzulardagi tanlovlar, kitob yarmarkalari, adabiyotlar ko‘rgazmasi va turli siyosiy va badiiy burchaklar, kompyuter savodxonligiga oid tadbirlar muntazam tashkil etib borilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik targ‘ibotiga oid “Zamon kitobxoni”, “Zukko talaba” “Kitobxon onadan-kitobxon bolaga” loyihalari talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga ko‘proq jalb etish imkonini bermoqda.

Axborot-resurs markazi jamoasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va kitobxonlarga xizmatlar sifatini yanada oshirish ustida ish olib bormoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti