TALABALAR TURAR JOYI



    Farg‘ona politexnika institutida 5 ta talabalar turar joyi binosi mavjud bo‘lib, ushbu TTJlar 1370 nafar talabalar sig‘imiga ega. TTJ manzili Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 86-uyda joylashgan. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratilgan. TTJning har bir qavatida ma’naviyat xonalari mavjud bo‘lib, ushbu xonalarda talabalar badiiy kitoblar o‘qishi uchun kitoblar jamlangan.

 Talabalar turar joyiga joylashish uchun talabalardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Institut rektori nomiga ariza; Ariza namunasi
  • Pasport nusxasi;
  • Talabalar turar joyida yashash uchun bir talabaga 2019/2020 o`quv yili uchun bir oylik to`lov amaldagi mehnatga xaq to`lashning eng kam miqdorining 10% dan kelib chiqib, 10 oy muddatga  belgilandi.

     (asos 2019 yil 30 avgust kungi institut Ilmiy kengashi qarori )
  • (to‘lov 100% amalga oshiriladi);
  • Shartnoma to‘lovi to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyasi; Shartnomani yuklab olingTilxat namunasi
  • Institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi lozimligi ko‘rsatilgan tilxat; Tilxat namunasiTilxat namunasi
  • Talabalar turar joyiga joylashganidan so‘ng bir oy ichida TTJ manziliga vaqtinchalik ro‘yhatdan o‘tish;
  • Nogironligi bor hamda chin etim talabalar uchun TTJning bir yillik to‘lovini to‘lashga imtiyozlar beriladi (buning uchun nogironlik, chin etimligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi);
  • To‘lov kontraktda tahsil oladigan talabalar uchun TTJga joylashish kontrakt-to‘lovi to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi.

      TTJda yashaydigan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institut rektorining 2018 yil 25 avgust kungi 743-L/O sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Buyruqqa asosan institut Madaniyat saroyida haftaning har juma kuni kech soat 19.00 dan 20.00 ga qadar TTJ va ijarada yashovchi talaba-yoshlar uchun “Juma oqshomlari” nomli ko‘ngilochar dastur namoyish etilishi belgilab qo‘yildi.

      Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish hamda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Kafedra kunlari" haftaning seshanba va payshanba kunlari kafedralar tomonidan belgilangan rejaga asosan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etiladi.

   2018 yil 29 avgust kuni institut Ilmiy kengashining 11-sonli bayoni bilan “Farg‘ona politexnika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish, TTJ kutubxonasini badiiy asarlar bilan boyitish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi “Kitobxon talaba” nizomi tasdiqlandi. Nizomga asosan o‘quv yili boshida TTJda yashovchi har bir talaba tomonidan ixtiyoriy ravishda bir donadan badiiy-publitsistik va ijtimoiy-siyosiy kitoblar taqdim etiladi. Taqdim etilgan kitoblar TTJning Ma’naviyat xonasida saqlanadi va reja jadvalga asosan muntazam ravishda badiiy kechalar tashkil etiladi.

   Talabalar turar joyida “Notiqlik san’ati”, “Learning English”, “Izuchaem russkiy yazыk” to‘garaklari, “Ingliz tili” klubi, “Biznes club” faoliyat olib boradi.

   Institut rektori tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida talabalar turar joylarida har kuni soat 18-00 dan 22-00ga qadar professor-o‘qituvchilarning navbatchiligi tashkil etilgan.

yotoqxona yo'lagi

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti