Erasmus+ CBHE programmasi asosida Farg’ona politexnika institutida “Innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O'zbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavr yoʻnalishini modernizatsiyasi” loyihasi yordamida Mexatronika va robototexnika I-LAB tashkil etildi.

Loyihada ko’zda tutilgan labaratoriyaning jihozlariga ajratilgan umumiy qiymati 22 181.5 Euro lik jihozlar o’rnatildi. Jihozlarni sotib olish jarayoni tender asosida tashkil etildi. Tenderda 3 ta tashkilot o’z tijorat taklifini taqdim etdi. Bular OOO ”Профистенд” (Rossiya), “Lucas-Nulle” GmbH (Germaniya), PHYWE systeme GmbH(Germaniya) kompaniyalari.

Tenderda Germaniyaning “Lucas-Nulle” GmbH kompaniyasi 22 181.5 Euro narx taklif etib g’olib chiqdi va labaratoriyaga keraklik bo’lgan jihozlarni 2021 yil iyul oyida O’zbekistonga yetkazib berdi.

Mexatromika va robototexnika labaratoriyasi 2021 yil sentabr oyidan rasman ochiq deb o’lin qilindi va Mexatronika va robototexnika yo’nalishida o’quvchi 2-kurs talabalari foydalanishiga topshirildi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti