ERASMUSPLUS DASTURI



Erasmus+ bu ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha loyihalar, hamkorliklar, tadbirlar mobilliklarni qo’llab-quvvatlovchi Yevropa Ittifoqining dasturidir. 2014-2020 yillar uchun mo‘ljallangan ushbu dastur, yuqorida keltirilgan sohalar bo’yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari va hamkor-davlatlar bilan hamkorliklarini rivojlantirish maqsadida moliyalashtiriladi.


Quyidagi dastur yo’nalishlarida OTMlar uchun katta jamoa bo’lib va individual tarzda ishtirok etishlari mumkin: Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE), Xalqaro kredit mobilligi (ICM), Erasmus Mundus Qo’shma magisterlik darajalari (EMJMD), Jean Monnet dasturi (JM).


Erasmus+ haftaligi davomida turli maqsadli guruhlar uchun bir qator tadbirlar doirasida Yevropa universitetlari bilan hamkorlik qilish va qisqa muddatli individual mobillik uchun grantlar yutib olish, shuningdek magistratura va doktaranturada ta’lim olish uchun mavjud stipendiyalar haqida to’liq ma’lumotlar taqdim etish rejalashtirilmoqda (Haftalik dasturi ilovada).


Xalqaro kredit mobilligi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va o’qituvchilarning xalqaro almashinuvini qo’llab-quvvatlaydi hamda universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. OTMlar talabalari, o’qituvchilari va xodimlari ushbu yo’nalish bo’yicha savollari bilan o’z oliy ta’lim muassasalaridagi xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.


Erasmus Mundus qo’shma magisterlik dasturlari (EMJMD) ta’lim olish/berish va/yoki ilmiy tadqiqot olib borish uchun stipendiyalar takif qiladi. Dastur mazmuni, o’quv uslublari, xujjat topshirish va tanlov jarayoni haqidagi batafsil ma'lumotni sizni qiziqtirgan qo'shma magistrlik loyihasi web-saytida tanishishingiz mumkin.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti