Xalqaro hamkorlik ko'lami tobora kengaymoqda!


Farg’ona politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Ilmdor Jaxongirov joriy yilning 14-15 iyun kunlari Misr Arab Respublikasiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
 
Dastlab, O’zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Misr Savdo-sanoat palatasi mas’ul rahbarlari hamda jurnalistlar bilan uchrashuv o’tkazildi. 

15-iyun kuni xalqaro reytinglarda yuqori nufuzli o’ringa ega Port Said universiteti taklifiga binoan ushbu universitetga tashrif buyurildi. Institutimiz delegatsiyasini Port Said Universiteti Prezidenti Prof. Dr. Ayman Mohamed Ebrahim boshchiligidagi universitet rahbariyati kutib oldi.

Yuksak darajada o’tkazilgan tor va kengaytirilgan doiradagi muzokaralar davomida o’zaro manfaatli hamkorlik yo’nalishlari hamda Farg’ona politexnika institutini Afrika qit’asi oliy ta’lim bozoriga ushbu universitet orqali kirish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti