Xabar berganimizdek, 2025-yil 4-fevral kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov ham faol ishtirok etdi.
Mazkur forum davomida, ta'lim forumi doirasida institut rektori O'.Salomov Malayziyaning bir nechta nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlari bilan kelgusidagi istiqbolli hamkorlik bo'yicha o'zaro muzokaralar olib bordi. Xususan, Malayziya texnologiyalar universiteti va Inti xalqaro universiteti rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Ushbu uchrashuvlarda 4 ta yo'nalishda kelishuvlarga erishildi:
Ilgor muhandislik maktabi faoliyatini yo'lga qo'yish
— Spin-off korxonalari tashkil etish
— Qo'shma ilmiy markazlarni ochish
— Almashinuv dasturlarini amalga oshirish
Ushbu yo'nalishlarda manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.