Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha davra suhbati tashkillandi
Viloyatda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, aholida ularni iste’mol qilishga qarshi "immunitet"ni shakllantirish maqsadida bugun institut madaniyat zalida muhim davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori R. Mamatov, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Z. Ashurov, institut 1-prorektori Sh. Dehkanov, viloyat hokimligi guruhi rahbari va hududiy komissiya kotibi Y. Kamolov, Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat Prokraturasi, viloyat Narkologiya markazi mas'ullari, institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va kunduzgi, sirtqi ta'lim shakli talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” bo‘yicha mas’ullar oldida turgan vazifalar va kelgusida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiradigan ishlar haqida keng tushuncha berilib, aniq ko‘rsatmalar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilari yoshlarni bu salbiy odatlardan saqlash va ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish borasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.