Dastavval, tadbirni institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sh.Dehqonov ochib berdi. Shuningdek KLT fakulteti dekani M.Toxirov oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Mazkur spektaklning asosiy maqsadi, talabalarning ijodiy qobiliyatini namoyon etish bilan birga, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash, ijtimoiy masalalarga e’tiborni kuchaytirish hamda milliy o‘zlikni anglashdan iborat.
Talabalar tomonidan yuqori darajadagi ijro va professional yondashuv namoyish qilindi. Bu esa barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.