Kuni kecha institut madaniyat saroyida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ushbu sport sinovlari, Sport vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilib, 18-29 yoshdagi talaba-yoshlarni qamrab oldi. Quvonarli jihati shundaki, Farg‘ona politexnika instituti talabalari ham ushbu sport sinovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar;

4 nafar talaba I, II va III-darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari (guvohnomasi) 

6 nafar talaba esa esdalik sovg‘alariga ega boʻldilar.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, sportga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishdan iborat.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti