Kuni kecha institutimizga Oliy ta’Iim muassasalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtirokini o’rganish bo’yicha vazirlikning ishchi-guruhi tashrif buyurdi.


Tashrifning asosiy maqsadi OTMlarning mahalliy hokimiyat hamda boshqa mahalliy tashkilotlar muammolarini, hususan ekologiya va atrof muhit yoʻnalishidagi muammolarini hal etishdagi o'rnini o'rganish, shuningdek OTM bilan mahalliy hokimiyat va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar shakllantirishdan iborat.  

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarma boshlig'i o'rinbosari J.Musayev rahbarligida ishchi-guruh vakillari hamda  viloyatimizdagi 9 ta oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari ishtirokida uchrashuv o'lib o'tdi. 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti