Farg‘ona politexnika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi!
Mazkur loyihada, oliygoh soha prorektorlari, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar birlgalashib ko'tarinki kayfiyatda, "Yashil makon" marafoni doirasida ta’lim muassasamiz hududiga turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi.
Ushbu loyihadan ko'zlangan maqsad, mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirishdan iborat hamda institut hududini yanada yashnatish, ekologik muhitni yaxshilash va talabalarda tabiatga mehr uygʻotish maqsadida tashkil etildi.