Bugun Farg'ona politexnika institutiga Rossiya Federatsiyasi V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, texnika fanlari doktori Lesovik Ruslan Valeryevich tashrif buyurdi.


Delegatsiya vakillarini institut jamoasi iliq kutib oldi. Shundan so‘ng, institut majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlikka bag'ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori Ilmdorjon Jahongirov so‘nggi yillarda O‘zbekiston- Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va bunda oliy ta’lim sohasining o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan mazkur universitet bilan strategik sheriklik masalalari ham alohida qayd etib o‘tildi. 

Fan va ta’lim sohasidagi ko‘p yillik o‘zaro samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, respublikamizda texnika oliy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi e’tirofi sifatida hamkor universitetning 3 vakiliga Farg‘ona politexnika instituti “Faxriy professori” unvoni berildi. 

Shu o'rinda BDTU rahbariyati ham  ta’lim sohasidagi ko‘p yillik o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan say harakatlari uchun Farg'ona politexnika institutining 3 vakiliga V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi. 

Shundan so‘ng, ikki oliygoh rasmiylari ishtirokida kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan muzokara bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar maxsuli sifati yig'ilish so'ngida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti