Yig‘ilishda, institut rektori O‘ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi. Shuningdek, ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi 10 ga yaqin professor-o'qituvchilarning Dotsent va Professor ilmiy unvoniga ega bo'lganligi bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoishlarining institutda ijrosi bo’yicha Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i Bekzod Abduhalilov ma’ruza qildi.
2024-2025 o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalar, kafedralar yuklamasi, yuklamalar taqsimoti, shaxsiy ish rejalar, talabalar tanlovi bo‘yicha fanlarni, ma’ruza o‘quvchi o‘qituvchilar ro‘yxatini, ishchi va muvaqqat o‘quv dasturlar, fanlardan o‘quv-uslubiy materiallar, baholash mezonlari, dars jadvali va boshqa me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida institut o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i G'iyosiddin Mamatisayev ma'lumot berdi.
Yig'ilish davomida institut Kengashining 2023-2024 o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti va Kengash “Nizomi”ni, Kengash a’zolari tarkibi hamda 2024-2025 o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida ilmiy kengash kotibi M.Shaxodjayev axborot berdi.
Shuningdek, ilmiy kengashda institutda ijro intizomi va yo‘riqnoma hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitotring” bo‘limi boshlig‘I M.Tojiboyev ma'lumot berdi.
Bugungi yig’ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.