Delegatsiya vakillarini institut jamoasi iliq kutib oldi. Mehmonlar uchun tayyorlangan madaniy dasturlar namoyishidan so‘ng, institut majlislar zalida uchrashuvning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marosimda Belarus Milliy texnika universiteti rektori Харитончик Сергей Васильевич, BMTU xalqaro hamkorlik fakulteti dekani Ширвель Павел Иванович, “Politexnika” sanatoriy-profilaktika muassasasi direktori Кусмерская-Мялик Нина Ивановна, Transport universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti decani Рискулов Алимжон Ахмаджанович, institut rektori O‘ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Institut rektori O‘ktam Salomov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Belarussiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va bunda oliy ta’lim sohasining o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan mazkur universitet bilan strategik sheriklik masalalari ham alohida qayd etib o‘tildi.
Fan va ta’lim sohasidagi ko‘p yillik o‘zaro samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, respublikamizda texnika oliy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi e’tirofi sifatida Belarus Milliy texnika universiteti rektori Харитончик Сергей Васильевичga Farg‘ona politexnika instituti “Faxriy professori” unvoni berildi.
Delegatsiya vakillari institutning shakllanish va rivojlanish tarixi aks etgan muzey bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng, ikki oliygoh rasmiylari ishtirokida kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan muzokara bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ta’lim va ilm-fan sohasidagi istiqbolli rejalar, shuningdek hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘lgan hamkorlikda oliy muhandislik maktablari va spin off korxonalarini tashkil etish masalalari keng muhokama qilindi.
Xabaringiz bor, joriy yilning fevral va aprel oylarida imzolangan kelishuv shartnomalariga ko‘ra Farg‘ona politexnika institutida Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda osteosintez, suyak va tizza bo‘g‘imlari uchun yuqori texnologik implantlar va endoprotezlar yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Texnopark tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi uchrashuvda davomida hamkorlikda rejalashtirilayotgan Texnopark faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, ushbu tashrif arafasida hamkorlikda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan osteosintez, suyak va tizza bo‘g‘imlari uchun yuqori texnologik implantlar va endoprotezlar respublikamizda tegishli ro‘yhatdan hamda sertifikatsiyalashdan o‘tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya vakillari institutda mavjud ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan markaz va spin off korxonalar faoliyati bilan tanishishdilar. Xususan, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida institut qoshida tashkil etilgan “Qurilish sinov laboratoriya” markazi hamda Metallarga mexanik ishlov berish, innovatsion metall quyish, shuningdek Metrologiya markazlari faoliyati bilan tanishishdi.