Bugun Toshkent davlat texnika universiteti vakillari institutdagi ta'lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, institutda talabalarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan “Registrator ofisi”, mustaqil ta'lim uchun tashkillangan Renessans hall, institut muzeyi hamda innovatsion loyihalar hamda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 17 ta markaz va 14 ta “spin-off” korxonalari faoliyati bilan tanishishdi.
Shuningdek, oliygohdagi Muhandislik-texnologik loyihalash va eksperimental ishlab chiqarish markazi, metallga ishlov berishning to'la texnologik zanjirini qamrab olgan texnopark faoliyatini ko'zdan kechirishdi.