Institut rektori O'.Salomov mas'ullar bilan test jarayonlari bo'layotgan binoni ko'zdan kechirdi


Joriy yilning 14-25-iyul kunlari  yangi o'quv yili  uchun oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlarini yopiq binolarida o'tkazilishi O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan.

Bugun oliygoh rektori O'.Salomov  mas'ullar bilan  test jarayonlari bo'layotgan binoni ko'zdan kechirdi.  Test jarayonlarida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas'ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.

Eslatib o'tamiz, Farg'ona politexnika institutiga:  Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi sport zali (210 o'rinli) hamda institut sport zali (240 o'rinli) binolari biriktirilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti