Bugun Farg‘ona politexnika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Mamadaminov Umid Mahmudovich tashrif buyurdi.


Dastavval, institut majlislar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda institut rektori O'.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari,  professor- o‘qituvchilar,  mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi. 

Mazkur yig’ilish avvalida vazir o’rinbosari U. Mamadaminov davlat rahbari raisligida 20-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar hamda ustuvor vazifalar haqida ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng, institut rektori O’.Salomov ta’lim muassasamizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berib o’tdi. 

Yig’ilishdan so’ng, vazir o’rinbosari institutda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 19 ta markaz va 14 ta “spin-off” korxonalari faoliyati hamda Energetika fakulteti talabalari tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion ixtirolar bilan tanishib, o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti