Farg'ona politexnika institutiga tayinlangan prorektorlar jamoaga tanishtirildi


Joriy yilning 14-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg'ona politexnika institutida bo‘lib, vazirlik buyrug’iga muvofiq sohalar kesmida turli lavozimlarga tayinlangan ya’ni institut O'quv-ishlar bo'yicha prorektori Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Davlyatov Shoxrux Muratovich hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Yunusov Ziyodbek Alisherovichni jamoaga tanishtirdi.

Mazkur tanishtiruvda institut rektori O'ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Vazir o‘rinbosari taʼlim sifatini yaxshilash, talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda oliygoh nufuzini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti