Institutimiz vakillari maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi


Energetika fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Sh. Usmonov va v.b. dotsent R. Sultonovlar 2024-yil 7-may kuni Qo‘shtepa tumani 49-maktabining bitiruvchi  11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida  uchrashuv tashkil etildilar. Uchrashuvda  bitiruvchilar bilan yaqindan suhbat olib borilib, institut tarixi, salohiyati, imkoniyatlari, imtiyozlari, sharoitlari va qo‘shma ta’lim dasturlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, institutda mavjud fakultetlar mutaxassislik yo‘nalishlari va  2+2  kabi qo‘shma ta’lim dasturlari haqida tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi. O‘quvchilarda turli savollar va qiziqishlar paydo bo‘ldi, qiziqarli debat shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarda institut haqida katta taassurot uyg‘ondi. Uchrashuv so‘ngida bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari, broshyuralar va flayerlari taqdim etildi. O‘quvchi yoshlarni institutga tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti