Fargʻona viloyatiga Turkiya davlatining ishbilarmonlari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida, delegatsiya tarkibidagi Gazi universiteti masʼullari hamda Fargʻona politexnika instituti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokara davomida, oʻzaro istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi va ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida anglashuv Memorandumi hamda hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Turkiya oliy taʼlim muassasalari vakillari Fargʻona politexnika instituti bilan yaqindan tanishib, oliygohdagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadilar. Kelajakda barcha oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda hamkorlik olib borish haqida kelishib olindi.
Maʼlumot uchun, Gazi universiteti xalqaro reytinglarda munosib oʻringa ega, Turkiyada 7-oʻrinda turuvchi nufuzli oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.