Farg‘ona politexnika instituti hamda Farg‘ona viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi


Bugun Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.R.Salomov va Farg‘ona viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi A.A.Raxmonaliyevlar o'zaro hamkorlik Memorandumi imzoladi.

Mazkur Memorandum uni imzolagan tomonlarning o‘z Ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirilishini ta'minlash borasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni kelishib olishdi.  

Shuningdek, fuqarolarda yuksak iste'mol madaniyatini yanada shakllantirish hamda ularning qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishiga ko‘maklashish, ta'lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muzokaralar olib borildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti