Barchaga ma'lumki Farg'ona politexnika institutida har bir haftaga nom berib, o'sha mavzu yuzasidan tadbirlar o'tkazish an'anaga aylangan.
Institutimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida 1-6-aprel kunlari oliygohimizda "Kitobxonlik haftaligi" deya nomlandi.
Bugun ushbu haftalikning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda institut 1-prorektori Sh.Dehkanov,Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, axborot-resurs markazi rahbari M.Nuriddinov, Yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov, dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimi yakunida kitob savdo koʼrgazma-yarmarkalari ham bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, haftalik doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, taqdimotlar, turli xil tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.