Institut rektori O'ktam Salomov ijara asosida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevralda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yoʻnalishlari boʻyicha 2024-yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini  Farg'ona politexnika institutida ham taʼminlanmoqda.

Kuni kecha institut instituti rektori O‘ktam Salomov Farg‘ona shahar 66-Muruvvat MFY Farg‘ona ko‘chasi 59-uy 37-xonadonda ijara asosida istiqomat qiluvchi Energetika fakulteti 42-22 ET va E guruh talabalari Hakimjonov Sohib, Abduvoxidov Asadbeklar bilan samimiy suhbat qurib, haqiqiy motivatsiya ulashdi.

Suhbat davomida talabaning qiziqishlari, darsdan so‘ng bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ijara shatrnomalari, texnika xavfsizligi, is gazi, hamda vazirlik va institut tomonidan e'lon qilinayotgan tanlovlarda o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etishi bo‘yicha suhbatlashib amaliy tavsiyalar berib o‘tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti