Bugun Farg'ona politexnika instituti sport zalida institut kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan "Ota-ona va bola, sportchi oila-2024" shiori ostida sport musobaqalariga start berildi.
Sport musobaqalarini institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, institut kasaba uyushma qo'mitasi raisi B.Dadajonov ochib berdi. Mazkur sport musobaqalarida institutda faoliyat olib boruvchi professor-o'qituvchi va ishchi xodimlari faol ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning asosiy maqsadi, institutda faoliyat olib boruvchi professor-o'qituvchi va ishchi xodimlar oila a'zolari va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda sportni o'rni va ahamiyatini oshirish va ularni ommaviy va milliy sport turlariga keng jalb qilishdan iboratdir.
Bugungi sport musobaqasi ishtirokchilari sportning 9 turi bo'yicha o'zaro bellashmoqdalar.