Bugun institutimizda akademik va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Bugun Farg'ona politexnika instituti katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Saidahror G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda institut rektori O'ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. 

Mazkur uchrashuvni institut rektori, O'. Salomov ochib berar ekan,  tadbir ishtirokchilarini akademik S.G‘ulomovning ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Shundan so'ng, akademik S.G‘ulomov “Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasida ta'lim sifatini oshirish muammolari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir so'nggida akademik S.G'ulomovga bugungi mazmunli va foydali maruzasi uchun minnatdorchilik bildirildi hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti