Kuni kecha Farg'ona politexnika institutida sportning Yunon rum kurashi bo' yicha PAK EMIR ALIKSEYEVICH xotirasiga bag'ishlangan Viloyat ochiq birinchiligi xotira turniri o'tkazildi.
Musaboqaga Farg'ona shahar prokurori o'rinbosari Jasurbek Dolimov, Farg'ona viloyati sport boshqarmasi bosh mutaxassisi Xakimbekov Ilhomjon, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sherzod Dexkanov hamda Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari ishtirok etdilar.
Musobaqa avvalida, har bir ishtirokchiga o'yin qoidalari birma-bir tushuntirib o'tildi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga oliygoh rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.