Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib turibdi.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari O'zbekistonning AQSHdagi favqulotda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov boshchiligida AQSHning oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan fondlari grant loyihalarida qatnashish yo‘nalishlari bo'yicha tegishli mutaxassislar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari o'z universitetlari salohiyati va imkoniyatlari bo'yicha taqdimotlar o'tkazdilar.