Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida MDH bosh kotibining o‘rinbosari, O‘zbekiston diplomati Ilhom To‘ychiyevich Ne’matovni Rossiya Federatsiyasining "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4864)
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘zbekiston diplomati Ilhom To‘ychiyevich Ne’matov Farg'ona politexnika instituti faxriy bitiruvchisi bo’lib, ushbu yuksak xalqaro e'tirof ta'lim muassasamiz jamoasiga faxr va g’urur tuyg’usini bag'ishladi.
Ilhom To’ychiyevich Ne'matovni ko’p yillik samarali mehnatlari e’tirofi bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!