Fizika kafedrasi



KAFEDRA MUDIRI

Axmadaliyev Bozorboy Jaboraliyevich

Qabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00 - 16:00)
Telefon:+998 91 282 52 02
 

KAFEDRA TARIXI

Fizika” kafedrasi 1968 yil 1 setyabrdan “Fizika-matematika fanlari” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan bo‘lib, “Fizika” kafedraning birinchi mudiri fiz.-mat. fanlari doktori, professor Abduraxim O‘roqovich Raximov, 1988-1991 yillari fiz.-mat. fanlari nomzodi E.M. Maxmudov, 1991-1992 yillari esa professor R.B. Burxonovlar mudirlik qilgan. Shuningdek, 1993-1999 yillari fiz.-mat. fanlari doktori prof. N.A.Sultanov, 2000-2012, 2016-2018 yillari fiz.-mat. fanlari doktori, prof. N.X.Yuldashev, 2012-2016 yillari fiz.-mat. fanlari nomzodi, dotsent Z. Xaydarov, 2018-2022 yillari fiz.-mat. fanlari falsafa doktori, dotsent B.Z.Polvonov, 2022-2023 yillari fiz.-mat. fanlari falsafa doktori X.M.Sulaymonovlar kafedraga rahbarlik qilishdi. Kafedrada xo‘jalik shartnomasidagi va tadbirkorlik bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlari keskin rivoj topdi. 2023 yildan Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta o‘qituvchi B.J.Axmadaliyev “Fizika” kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” talablariga javob beradigan raqobatbardosh, chuqur ilmli muxandislar tayyorlash uchun kafedrada jihozlangan 1 ta ilmiy va 2016 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 1533-sonli qarori doirasidagi davlat dasturi asosida Germaniya davlatidan keltirilgan eng zamonaviy jami 67 ta turdagi 6 ta  o‘quv laboratoriya xonalari jixozlandi.

“Fizika” kafedrasida 2 nafar fan doktori-professor, 1 nafar fan nomzodi-dotsent, 3-nafar Falsafa doktori (PhD-Fizika-matematika fanlari), 2 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar assistent, 1 muxandis, 5 laborant va laboratoriya mudiri faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

“Fizika” kafedrada iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan ishlash muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra olimlari rahbarligida iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan anjumanlarda doimiy ravishda qatnashmoqdalar, shuningdek, fizika fanida o‘tkazib kelinayotgan respublika olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

Kafedrada quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatiladi

  1. Yarim o‘tkazgichli mikro- va  nanostrukturalarda optik, fotoelektrik, va  tenzoelektrik  hodisalar. 

2.   Kristallarda ionlar kanallanishi.

3. Quyosh energiyasi yordamida binolar va issiqxonalarni isitishning teplofizik muammolari.

4. Oliy maktabda fizika o‘qitish metodikasi.

Kafedrada AQSh fan va texnologiyalar assotsiatsiyasi va bu mamlakatning Ferris Davlat Universiteti,  Rossiya FAning akademik A.F. Ioffe nomidagi Sankt-Peterburg Fizika-texnika instituti, O‘zR FAning “Fizika-Quyosh”  Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Yadro fizikasi instituti hamda  Ion plazma va lazer texnologiyalar institutilari   bilan ilmiy tadqiqot soxalarida  o‘zaro hamkorlik aloqalari mavjud. 2001-2003 yillarda O‘zR Fan va Texnika davlat  komiteti, 2007-2008 yillari O‘zR FA, 2012-2013 yillari   O‘zR VM huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi fundamental tadqiqotlar fondlarining, 2014-2015 yillari Innovatsion loyihalar  fondining Davlat Grantlari asosida umumiy hajmi 500 mln. so‘mga yaqin ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Kafedrada 1990 yildan boshlab Farg‘ona “Azot”, “Farg‘ona neftni qayta ishlash” OAJlari bilan xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilib kelinmoqda. 2023-2025 yillarga reja qilingan fundamental loyixa tayorlanib, amalga oshirish mexanzmlari ishlab chiqilmoqda.

 

 Kafedra erishgan salmoqli yutuqlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fan va Texnika Davlat Qo‘mitasi” tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi monografiya tanlovida professor N.X. Yuldashevning  “Eksiton-polyaritonnaya lyuminestsentsiya i perenos rezonansnogo izlucheniya v kristallax” nomli monografiyasi fizika va texnika yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
  • 2003-2008 yillari A.A. Detlaf, B.M. Yavorskiylarning 70 b.t. “Kurs fiziki” darsligi o‘zbek tiliga tarjima qilindi (M. Tadjibaev, A. Xaydarov, S.O. Xatamov,       T. Xomidov, N.X. Yuldashev).
  • 2003 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari (Yuldashev N.X., Xaydarov A., Xomidov T.X. va boshqalar) yaratgan 3 jildlik “Fizika kursidan ma’ruzalar matni” O‘zR OO‘MTV o‘tkazgan “Eng yaxshi o‘quv adabiyoti” tanlovining g‘olibi deb topildi;
  • 2007-2012 va 2017  yillarda professor N.A. Sultonovning “Fizika kursi” darsligi yaratildi. Hozirda ushbu adabiyotlardan respublikamizdagi  oliy ta’lim tizimidagi professor o‘qituvchilar va talabalar tomonidan  keng foydalanilmoqda.
  • 2016 yilda AQSh professorlari E.Yu. Piter, M. Kardona tomonidan yozilgan  “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi asoslari” darsligi inglizchadan o‘zbek tiliga kafedra  professori . N.X. Yuldashev tomonidan tarjima qilindi.
  • 3 ta fan doktorlik (Raximov N., Otajonov S.M., Karimov M.A.), 3 ta falsafa doktori - PhD (B.Z.Polvonov, B.J.Axmadaliyev, X.M.Sulaymonov)  va 2 ta nomzodlik (Raximov N., Mirzajonov Z.) dissertatsiyalari himoya qilindi xamda yana falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun 3-nafar kafedra ilmiy tadqiqotchilari dissertatsiya ximoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar;
  • 4 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma va 60 ga yaqin uslubiy ko‘rsatmalar yaratildi;
  • yangi 2 ta ilmiy laboratoriya, 6 ta  o‘quv laboratoriyasi va virtual laboratoriyalar sinfi tashkil etildi;
  • iqtidorli talabalar respublika fizika fani olimpiadasida muntazam ravishda faxrli o‘rinlarni egallashdi va nomdor stipendiya sohiblari bo‘lishdi;
  •  2000-2015 yillari umumiy hajmi 500 mln. so‘mdan ortiq davlat Grantlari asosida fundamental va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi. Mahalliylashtirish dasturiga mos holda O‘zR FAning Materialshunoslik instituti olimlari bilan hamkorlikda  teplitsa va parniklarni Quyosh nurlarida samarali isitish uchun yangi navdagi kompozit polietilen plenka yaratildi, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi va ishlab chiqarishga tavsiya berildi.
  • 2017 yilda kafedra professor o‘qituvchilari B.J.Axmadaliev, B.Z.Polvonov,  N.X. Yuldashevlar muallifligida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan ixtiroga patent olindi, shuningndek  navbatdagi  innovatsion loyixalar asosidagi mualliflik ixtirolari ustida qizg‘in ishlar olib borilmoqda.   
  • 2016 yil 20 iyundan professor N.X. Yuldashev “American Association for Science and Technology (AASCIT)” Akademiyasining  doimiy a’zosi bo‘ldi.
  • B.Z.Polvonov oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini rivojlangan chet el davlatlari oliygohlarida stajirovka o‘tash va o‘zaro tajriba almashinish xamda malaka oshirishlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash O‘zbekiston respublikasi Prezidenti  "Iste’dod"  jamg‘armasi tomonidan  o‘tkazilgan 2018 o‘quv yili uchun e’lon qilingan tanlovning barcha bosqichlaridan muvoffaqqiyatli o‘tib stipendiat bo‘ldi.
  • Kafedraning bevosita tashabbusi va ananaga  aylanib qolgan “ Fotoelektricheskie i opticheskie yavleniya v poluprovodnikovix mikro- i nanostrukturax” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman  2006, 2011, 2014, 2018, 2020 yillarda yoqori saviyada o‘tkazildi.
  • Dotsentlar A.Xaydarov, T. Xomidov va professor N.X, Yuldashevning samarali  faoliyatlari tufayli “FarPI Ilmiy-texnika jurnali” hozirgi kunda 44 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha O‘zR VM huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya etgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
  • “Fizika” kafedrasi  qoshida 2020 o‘quv yilidan  Farg`ona  politexnika  instituti huzuridagi  01.04.07-Kondensirlangan holat fizikasi ixtisosligi bo`yicha falsafa doktori (fizika-matematika fanlari)  ilmiy daraja beruvchi  PhD.03/27.02.2020.FM.106.01 raqamli Ilmiy kengash Faoliyatini boshladi.

Kafedra professor o‘qituvchilari tarkibi:

1

Axmadaliyev Bozorboy Jaboraliyevich

f-m.f.PhD, Fizika kafedrasi mudiri

91-282-52-02

2

Sultonov Nomanjon Akramovich

f-m.f.d, Professor

90-582-03-66

3

Yuldashev Nosirjon Xaydarovich

f-m.f.d Professor

95-400-58-76

4

Mirzajonov Zokirjon

f-m.f.n Dotsent

90-301-99-48

5

Mamadiyeva Dilhumor Tolibjonovna

Katta o`qituvchi

91-327-67-32

6

Umarov Abdusattor Ortiqovich

Katta o`qituvchi

91-653-77-14

7

Ruzimatova Barno Sotvoldiyevna

Assistent

90-501-05-16

8

Tuychibayev Baxodir Kurbonaliyevich

Assistent

93-971-74-76

9

Mirzayev Valijon To`lqinovich

Assistent

99-999-85-28

10

Ramonov Toxirbek Imomaliyevich

Assistent

99-055-18-87

11

Axmadjonov Mexriddin Faxriddinovich

Assistent

83-333-21-12

12

Yulchiyev Iftixor Isaqovich

Assistent

97-206-58-80

13

Xidirov Dadaxon Sherqo`ziyevich

Assistent

91-108-12-12

14

Nurmatov Ozodbek Ravshanboy o`g`li

Assistent

91-679-05-67

15

Yusupov Faxriddin Tojimat o`g`li

Assistent

91-111-33-27

16

Nasirov Mardonbek Xaldarovich

Assistent

91-679-79-74

17

Tolaboyev Dilmuxammad Xayitali o`g`li

Assistent

90-407-00-56

18

Nematov Xusniddin Muxiddin o‘g‘li

Assistent

91-120-22-95

19

Abdullayev Sherzod Shuxratjon o‘g‘li

Assistent

93-980-44-16

20

Raximjonov Jahongir Saydaxmat o‘g‘li

Assistent

94-556-33-88

21

Urmanov Fazliddin Xasanboyevich

Laboratoriya mudiri

93-649-65-84

22

Axmadjonova Shaxnoza Shakirovna

Laborant

99-999-99-56

23

Xotamjonova Zarifa

Laborant

99-999-99-56

 

XALQARO KONFERENTSIYALAR  O‘TKAZILISHI

https://ferpi.uz/uploads/image/fiz22.png

Farg‘ona politexnika institutida 2011 yil 8-9 sentyabr kunlari “Yarim o‘tkazgichli mikro – va nanostrukturalarda optik va fotoelektrik hodisalar” mavzusida Farg‘ona viloyati hokimligi  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan II Xalqaro anjuman ishtirokchilari

 

https://ferpi.uz/uploads/image/fakultet-kafedralar/f1.jpg 

Farg‘ona politexnika institutida 2014 yil 14-15 noyabr kunlari “Yarim o‘tkazgichli mikro – va nanostrukturalarda optik va fotoelektrik hodisalar” mavzusida O‘zbekiston Milliy universiteti va Farg‘ona davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan III Xalqaro anjuman ishtirokchilari

https://ferpi.uz/uploads/image/fakultet-kafedralar/f3.jpg 

Farg‘ona politexnika institutida 2018 yil 25-26 may  kunlari “Yarim o‘tkazgichli mikro – va nanostrukturalarda optik va fotoelektrik hodisalar” mavzusida o‘tkazilgan IV Xalqaro anjumandan lavxalar.

https://ferpi.uz/uploads/image/fakultet-kafedralar/fs1.jpg  

Farg‘ona politexnika institutida 2023 yil 28-30 sentyabr  kunlari “Yarim o‘tkazgichli mikro – va nanostrukturalarda optik va fotoelektrik hodisalar” mavzusida o‘tkazilgan VI Xalqaro anjumandan lavxalar.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti