Soʻnggi vaqtlarda bot-bot takrorlanayotgan “Oliy taʼlim — korrupsiyasiz soha” shiori deyarli barcha OTM larda keng ommalashtirilmoqda.
Xususan, Fargʻona politexnika institutida mavjud har bir fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tyutorlar va professor-oʻqituvchilarga yuqoridagi shior ostida turli xildagi tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Ana shunday anjumanlardan biri Arxitektura va qurilish materiallari fakultetida ham boʻlib oʻtdi.
Unda ijtimoiy — maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish boʻyicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sherzod Dehkanov va professor oʻqituvchilar, xodimlar ishtirok etishdi.