#korrupsiyasiz_soha



Ilk qaldirg'ochlarga davra suhbati bo'lib o'tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi farmonida o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘la olishlari qayd etilgandi.

Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, Farg’ona politexnika instituti huzuridagi   Zarkent xizmat ko’rsatish texnikumi o’quvchilari uchun institut mutaxassislari tomonidan davra suhbat tashkillandi.

Unda institut o’quv ishlar bo’yicha prorektor J.Qambarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dehkanov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari U.Qahhorov ishtirok etishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti