Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
Darhaqiqat shuni ta'kidlash lozimki, korrupsiya avj olgan har qanday mamlakat, har qanday sohada taraqqiyot va rivojlanish aslo bo'lmaydi. Shuning uchun korrupsiya va unga yo'l qo'yishdan ehtiyot bo'lish lozim.
Kuni kecha Farg'ona politexnika institutida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" - shiori ostida ko'rik tanlov va anjuman o'tkazildi. Anjumanda institut rektori O'. Salomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Sh. Dehkanov, tegishli mutasaddilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar O'ktam Salomov tomonidan munosib taqdirlandilar!