Oliy ta'limda korrupsiya holatlariga aslo yo'l qo'ymaymiz!
Mamlakatimiz taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy oʻquv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, taʼlimdagi korrupsiya va poraxoʻrlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan.
Taʼlim jarayonlarida bu illatni batamom yoʻqotish uchun Fargʻona politexnika institutida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha institutning majlislar zalida “Oliy taʼlim — korrupsiyasiz soha” shiori ostida yigʻilish boʻlib oʻtdi.