Institutda 2020 yilda bajarilayotgan Ilmiy tadqiqot ishlar:
Institutda 2020 yilda Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida umumiy summasi 400 mln so‘m bo‘lgan 3ta: 1 ta fundamental va 2 ta amaliy loyihalar davom ettirildi va ularni ilmiy loyiha rahbarlari boshchiligidagi 35 nafar professor-o‘qituvchi va yosh doktorant va magistrlardan iborat ijodiy jamoalar ushbu loyihalarni samarali bajarilishi ta’minlashmoqda. Ushbu loyihalar doirasida yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan.
OT-F-3-19-sonli «Energiya o‘zgartirishning issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik qurilmlari uchun yangi tipdagi parabolotsilindrik konsentratorlarining modul tizimlarini yaratish bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish» fundamental loyihada bajarilgan ishlar
OT-Atex-2018-132-sonli «Qishloq xo‘jaligi iste’molchilari uchun suv quyilishi g‘ildirakli va o‘zidan qo‘zg‘aluvchi asinxron generatorli past suv ustuni bosimli avtomatlashtirilgan avtonom mikro-GESni yaratish, tadqiq qilish va ishlab chiqarishni tashkil qilish" amaliy loyihada bajarilgan ishlar
OT-Atex-2018-133-sonli «Metal qirindili samarador quyoshli xavo isitgichini yaratish" amaliy loyihada bajarilgan ishlar