“OLIY TA`LIMDAGI ISLOHOTLAR KECHA, BUGUN VA “O`ZBEKISTON- 2030” STRATEGIYASIDA”



Bizga yaxshi ma`lumki, har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta`lim masalasi juda keng o`rin egallaydi. Bugungi globballashuv sharoitida davlatlar o`rtasidagi geosiyosiy manfaatlar to`qnashuvi sharoitida ilm-fanning  jahon taraqqiyotiga ko`rsatayotgan  ta’sir kuchi nechog`lik muhim ekanligini  hayotni o`zi ko`rsatib qo`ymoqda.  Buni rivojlangan davlatlar yuksalishida ilm-fan asosiy omil vazifasini o‘tayotganidan ham ko‘rish mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatimiz hayotidagi tub o`zgarishlar sharoitida Yangi O`zbekistonni barpo etishdek ulkan vazifa turganligini bu vazifalarni bajarishda Oliy ta`lim va ilm-fanni taraqqiy ettirish orqaligina erishishimiz mumkinligini  Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev bir necha bor o`z ma`ruzalarida “Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz” deb ta`kidlab o`tdilar.  Haqiqatdan ham bugungi kunda islohotlarimiz bosh mezoni inson qadriga va uning farovonligiga qaratilgani barcha islohotlarimiz negizida inson inson va yana inson manfaati  ko`zda tutilayotganligi bugun hayoliy emas balki, hayotiy real voqelikka aylanmoqda. Aslida, Yangi O`zbekistonni baro etishdan ko`zlangan maqsad ham shudir. Mamlakatimizda ilm-fanga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, ta’lim sohasida keyingi yetti yilda ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlarga boy bo‘ldi. Oliy ta`lim dargohlarining qiyofasi tubdan o‘zgarib, moddiy-texnika bazasi mutlaqo yangilanib butun e`tabor ta`lim sifatini yangi bosqichga qaratilganini ta`kidlash joizdir. Bu o‘z navbatida, yoshlar o‘rtasida oliy ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirib, yoshlarning oliy ta’lim olishiga katta sharoitlar yaratib berilyotgani tufayli oliy ta’lim muassasalari soni 2,5 barobarga ortib, 200 tadan ortdi. Qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga oshdi. Eng muhimi, oliy ta’lim olish uchun imtiyozli kreditlash tizimi, ayollarga foizsiz kredit ajratish amaliyoti joriy qilindi.Bir xaqiqatni tan olishimiz kerak, 2017 yilga qadar oliy ta’lim muassasalarida kvotalar belgilanishida grant o‘rinlari soni faqat qisqarib kelgan bo‘lsa, oxirgi yetti yilda grantlarni ko‘paytirish yo‘lidan borildi. Yuqoridagi o`zgarish va islohotlar  Farg`ona politexnika institutiga ham tegishli bo`lib, institutimiz rektori texnika fanlari doktori., professor Salomov O`ktam Raximovich boshchiligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan Oliy ta`limga qo`ygan talablari va “O`zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan yo`l xaritalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Darhaqiqat “O`zbekiston 2030” strategiyasining  “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish”  yo`nalishida belgilangan 7-12 maqsadlarda oliy ta`limni tizimli tarzda istiqbolli strategiyasi ko`zda tutgan bo`lib, birinchi navbatda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish alohida belgilab qo`yilgan. Farg`ona politexnika instituti 2023-2024 o`quv yili abiturentlarning ota-onalari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tegishli hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilib, abiturentlarning test topshirish jarayonlari onlayin tarzda yaqinlariga monitorlar orqali yetkazib turildi. Bugungi kunda Farg`ona politexnika institutida Kompyuterlashgan loyixalash tizimlari, Qurilish, Mexanika, Energetika, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat va to`qimachilik shuningdek, Kimyo-texnologiya fakultetlarida Bakalavriat (kunduzgi, sirtqi va qo`shma ta`lim dasturlari 2+2) va Magistartura yo`nalishlarida talabalar ta`lim olishmoqda. Shuningdek, Respublikadagi oliy ta`lim muassasalari o`rtasida o`quv yili yakuniga qadar reyting tizimi tashkil etilgan bol`ib, mos holda Farg`ona politexnika instituti 2019 yil yakunlari bo`yicha milliy reyting ko`rsatkichlariga ko`ra 57 ta  OTMlar ichida 44-o`rinni egallagan bo`lsa, 2020 yil 92 ta OTMlar ichida 44-o`rinni, 2021 yilga kelib esa 69 ta  oliy ta`lim muassasalari ichida 19 pog`ona yuqorilab 34-o`rinda e`tirof etildi. “InnoWeek-2023”innovatsion haftalik doirasida Respublika Oliy ta`lim muasssasalari ichida  Top-5 talikdan o`rin egallashi barchamizni quvontirdi. Yuqoridagi e`tibor va e`tirof Farg`ona politexnika instituti barcha professor-o`qituvchilarning va Rektorimiz texnika fanlari doktori., professor Salomov O`ktam Raximovichning sayi-harakatlarining mevasi ekanligini alohida ta`kidlash joizdir.  “O`zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash doirasida 2030 yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish vazifa qo`yilgan bo`lsa, bu borada Farg`ona politexnika institutida davlat-xususiy sherikchilik asosida har biri 400 o`rinli 2 ta talabalar turar joyi binosi barpo etildi. Ushbu talabalar turar joylarining loyiha qiymati 250 mlrd.so`mni tashkil etadi. Institut talabalar turar joyi barpo etilishi bilan bugungi kundagi dolzarb muammolarga yechim bo`lganligini alohida ta`kidlash joizdir. Shuningdek, strategiyada kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish kabi, strategiya vazifalaridan kelib chiqqan holda, institut axborot resurs markazi  fondini boyitish uchun 2023 yil davomida 90893086,12 so`m mablag` yo`naltirilib, 425 nomdagi o`quv adabiyotlari 1515 nusxada sotib olindi bu orqali axborot-resurs markazi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Albatta, ta’lim sohasiga bu darajada katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Binobarin, yurtimizni taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqish, barcha kuch-g‘ayratni birlashtirish va fidokorona mehnat qilish orqali Yangi O‘zbekistonni, pirovardida, Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etish asosiy maqsadimizdir. Umuman olganda, mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil islohotlar natijasida oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat ekanligi Farg`ona politexnika instituti jamoasining asosiy maqsadi ekanligini ta`kidlash joiz.  Prezidentimiz tomonidan 2024 yilni “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash” yili deb e`lon qilinishi va davlat dasturi vazifalaridan kelib chiqqan holda Farg`ona politexnika instituti jamoasi 2024 yilda institutning strategik maqsadlari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Jumladan, Talabalar bandligini ta`minlash choralarini kuchaytirish va mehnat yarmarkasini tashkil etish, Institutda ilmiy ishlanmalar hamda bilim va ko`nikmalarni tijoratlashtirishning samarali ekotizimini bosqichma-bosqich tashkil etish, Dunyoning top-500 talik OTM bilan hamkorlik istiqboli ta`lim yo`nalishi va mutaxassisliklari bo`yicha bakalavr va magistratura uchun qo`shma ta`lim dasturlarini ochish, Scopus hamda  Web of Science bazalaridagi maqolalar salmog`ini 400 taga yetkazish hamda hirsh indeksi 5 dan yuqori bo`lgan professor-o`qituvchilar sonini 25 tadan oshirish, 2024-yilda institutning 30 dan ziyod professor-o`qituvchilarni dunyoning nufuzli OTMlariga qisqa muddatli stajirovka hamda malaka oshirish kurslariga yuborish kabi tizimli maqsadlarni ko`zda tutadi.        Quvonarlisi, Institut rektori O`.Salomov, Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professoslari D. Kudbiyev va I.Ismanovlar  tomonidan “Oliy ta`lim a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanishlari institut jamoasini xursand qildi.

        Xulosa qiladigan bo'lsak, Farg`ona politexnika institutida amalg oshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi chunki, ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir. Institut jamoasi o`zining jonkuyar rahbari Salomov O`ktam Raximovich boshchiligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy ta`lim sohasidagi kelajak avlodni yetuk kadr qilib tarbiyalashdek vazifani bajarishga bel bog`lagan va bu maqsadni amalga oshirishda “O`zbekiston 2030” stategiyasiga suyanishi muhim ahamiyatga egadir. Zero, Yangi O`zbekistonni kelajagi yoshlar bilan barpo etamiz.

Muhammadrafiq TOHIROV,

Farg‘ona politexnika instituti kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti dekani.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti